Farg‘onada Mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
27 mart 2022 15849 1 daqiqa
Farg‘onada fuqaroni tanishlari orqali harbiy qismlardan biriga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSH dollari olgan Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Davlat xafsizlik xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, viloyat tumanlaridan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Buning evaziga esa fuqarodan 2 000 dollar olgan.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr