Farg‘onada mudhish YTH: “Moskvich” piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
6014Joriy yilning 3 fevral kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida "Moskvich" avtomobili qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni fuqaro S.A. boshqaruvida bo‘lgan "Moskvich" avtomobilini Alisher Navoiy ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan M.A.ni urib yuborgan.
Oqibatda M.A tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi