Farg‘onada mudhish YTH: 4 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
04 noyabr 2021 9759 1 daqiqa
Joriy yilning 1 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Jiguli” va Nexia-2 ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda to‘rt kishi vafot etdi va 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 22:00 atrofida viloyatning Furqat tumani Qo‘qonboy qishlog‘i hududidan o‘tuvchi A-376 Qo‘qon–Jizzax avtomobil yo‘lining 10-kilometrida sodir bo‘lgan. 29 yoshli N.D. boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, 36 yoshli Yu.M. boshqaruvidagi VAZ-2105 (“Jiguli”) avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovchisi N.D. va yo‘lovchisi R.O. tan jarohati olib, hodisa joyida, yana ikki yo‘lovchi – R.K. va M.G‘. esa shifoxonada vafot etgan. VAZ-2105 avtomobili haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi Furqat tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025