Farg‘onada muhandis 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
17 mart 4184 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida “Energosavdo” muhandisi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan jami 1,8 mlrd so‘m jarima summasini 210 mln so‘mga tushirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis so‘ralgan pul mablag‘idan 9 ming AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali olgan paytda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilib, 10 mln pora so‘ragan gazchilar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi