Farg‘onada mast erkaklar oziq-ovqat do‘konida janjal ko‘tardi
3-sahifa
−
20 avgust
2775Farg‘ona viloyatidagi savdo do‘konida sodir etilgan bezorilik holati yuzasidan ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 avgust kuni fuqaro Sh.R. hamda M.P.lar birgalikda mast holda S.Temur ko‘chasidagi oziq-ovqat do‘koniga kirib, sotuvchi bilan kelishmovchilik sababli uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Do‘konga xaridor sifatida kirgan X.I. va uning turmush o‘rtog‘i S.I.lar jamoat joyida so‘kinib, shovqin qilmaslik kerakligini aytganda Sh.R. va M.P.lar X.I. hamda S.I.larning badanini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Bundan tashqari o‘zlarining tartibsizliklarini davom ettirib, do‘kondagi oziq-ovqat mahsulotlariga zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Farg‘ona shahri markazida janjallashgan shaxslar ma’muriy qamoqqa olingandi.
LiveBarchasi