Farg‘onada mast haydovchi ikki fuqaroni urib ketdi
3-sahifa
−
21 yanvar
5556Farg‘ona viloyatida Damas urib yuborgan ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, holat Quva-Marg‘ilon-Marhamat yo‘lining Toshloq tumani Yakkatut mahallasidan o‘tuvchi ichki qatnov yo‘lida sodir bo‘lgan. 34 yoshli Damas haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida avtomashinani yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, oldinda velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yuborgan.
So‘ngra u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida onasi bilan ketayotgan 5 yoshli qizni ham urib, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada, 71 yoshli erkak esa hodisa joyida vafot etgan.
YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2024 yilda jami 2794 ta holatda mast holda avtomashina boshqarish bilan bog‘liq qoidabuzarlik sodir etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi