Farg‘onada mashina 3 yoshli bolani bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
14 iyul 11675 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida mashina bolani urib yuborib, ustidan bosib o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 10 may kuni Marg‘ilon shahrining Zuxro ko‘chasida sodir bo‘lgan. 55 yoshli D.A. ismli haydovchi Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, 2022 yilda tug‘ilgan A.A.ni urib yuborgan. Oqibatda 3 yoshli bola tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. IIB xabariga ko‘ra, hozirda A.A.ning ahvoli yahshi holatda.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi hamda 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va yakuniga ko‘ra tegishli sudlovga yuborish chorasi ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Tico avtomobili 3 yoshli bolani urib yuborgandi.
Live
Barchasi