Farg‘onada MAN haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor.
Jamiyat
−
22 fevral 2021
7399Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida “MAN Trailer” avtomobili haydovchisining uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yozyovon tumanida kecha, 21 fevral kuni soat 06:40 larda fuqaro S.A. “Yangibo‘ston” mahallasi hududida “MAN Trailer” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, uxlab qoladi. Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomobilni chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda, orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobilining yo‘liga ko‘ndalang turib, to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nexia-2 avtomobilidagi yo‘lovchilar Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Bundan tashqari Nexia-2 yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi