Farg‘onada Malibu urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida velosiped haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Fuqaro H.A. Malibu rusumli avtomashinasini tumanning To‘qimachilar ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan O‘.M.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida, velosipedchi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

72

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing