Farg‘onada psixotrop dori sotishga uringanlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini savdoga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noma’lum shaxslar qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi bilan chegara hududidagi “Gulpiyon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi temir suv quvuri orqali kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tgani aniqlanib, tadbir davomida har bir 10 ml.g flakondan bo‘lgan 233 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga barham berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DXX Farg'ona IIB dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing