Farg‘onada kislorod konsentratori ishlab chiqarilyaptimi yo Xitoydan olib kelib sotilyaptimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorini ishlab chiqarishga ixtisoslangan korxona ishga tushgani xabar qilingandi. Unda yiliga 30 ming dona kislorod konsentratorlarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Greyt Qo‘qon” MCHJ korxonasi tomonidan kislorod konsentratorlari ishlab chiqarilayotgani shubxa ostiga olinadi. Unda korxona kislorod konsentratorlarini Xitoydan olib kelib, o‘zining yorlig‘ini bosib sotayotgani iddao qilindi.

Shu xabarlar yuzasidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, kislorod konsentratorini ishlab chiqarish jarayonida “Greyt Qo‘qon” MCHJ korxonasi va Xitoy Xalq Respublikasining “MIC Medisal Co.Ltd” kompaniyasi o‘rtasida shartnomalar (shartnoma nusxasi va import qilib kelingan mahsulotlar suratlari ilova qilinadi )imzolanib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan konsentratorning 40 foiz qismi (kislorodni ajratuvchi filtrlar, sensorli boshqaruv tizimi va kompressor) Xitoy Xalq Respublikasidan import qilib olib kelinmoqda.

Shu bilan birga konsentratorning 60 foiz qismi (korpuslar, turli o‘lchamdagi elektr uzatish kabellari, xavo uzatuvchi shlanglar, o‘chirib yoqish qurilmalari, suv quyish idishi va turli o‘lchamdagi bolt va shruplar, qadoqlash qutisi va pena) kooperatsiya usulida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish korxonalaridan sotib olib yig‘ilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

kislorod kontsentratori

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing