Farg‘onada xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
25 Oktabr 6203 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida oilaviy mojarolar sabab xotinini durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Aniqlanishicha, viloyatning Toshloq tumanida joylashgan “Chek” MFYning “Navbaxor” ko‘chasida yashovchi erkak turmush o‘rtogi bilan uzoq muddatdan beri oilaviy kelishmovchiliklar sabab janjallashib kelgan. Qotillik sodir bo‘lgan tunda ham aka-ukalar birga yashaydigan uydan boshqa joyga ko‘chib ketish masalasida er va xotin orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va erkak ayoli uxlab yotgan paytda yotoqxonada bo‘lgan durra bilan uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Keyinroq erkak ayolining oila a’zolariga u o‘zini osib qo‘yganini aytgan. Shundan so‘ng, er va xotinnning qarindoshlari ayolning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarni yashirishga harakat qilgan va ular qo‘shnilarga ayolning qon bosimi to‘satdan tushib ketishi oqibatida vafot etganini aytishgan.
Biroq, pochchasining so‘zlaridan shubhalangan marhumaning singlisi o‘limning asl sababini bilish maqsadida tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan qabr qayta ochilib, murdada sud-tibbiy ekspertizasi o‘ztkazilganda ayolning o‘limida qotillik alomatlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2- qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aylanib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida qaynuka pochchasini o‘ldirib, jasadini qopda qabristonga ko‘mish uchun olib ketayotgan payt qo‘lga olingan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi