Namanganda kanalga cho‘kib ketgan 12 yoshli qiz 3 kun o‘tib topildi
3-sahifa
−
18 iyun 2021
9799Namanganda viloyatida 12 yoshli qiz kanalga cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Joriy yilning 15 iyun kuni soat 14:30 da Pop tumani FVBga tumandagi “Anhor” MFYda yashagan, 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz mahalla hududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tengdoshlari bilan birga cho‘milish maqsadida borib, suvga cho‘kib, qaytib chiqmagan.
12 yoshli qiz bugun,18 iyun kuni soat 9:00 da Namangan viloyati FVVning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan topilgan.
Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi