Farg‘onada qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz o‘marildi
3-sahifa
−
09:42 751 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O‘. K. H.” tashkilotiga qarashli bino shartnoma va hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 997 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlangan edi.
Live
Barchasi