Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Farg‘onada ijara uyini narkolaboratoriyaga aylantirgan shaxslar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining “Mindonobod” mahallasidagi uylardan birida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash uchun tashkil etilgan narkolaboratoriya aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.  

Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1990 va 2001 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs xonadonni oyiga 250 AQSH dollariga ijaraga olib, u yerda giyohvand moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Tezkor tadbir davomida manzildan 12 kg 821 gr sintetik narkotik moddalar, jumladan 8 kg 185 gr Alfa-PVP, 4 kg 209 gr “Spays”, 427 gr “Mefedron”, shuningdek, ularni tayyorlashda foydalaniladigan 12 kg 326 gr maxsus suyuqlik va 13 kg 925 gr tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.  

Ekspertizaga ko‘ra, musodara qilingan giyohvandlik vositalarining qora bozordagi bahosi 9 mlrd 185 mln so‘mga teng.  

Tergov davomida aniqlanishicha, gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni internet orqali sotuvchi jinoiy guruh a’zolari tomonidan “zakladka” usulida yetkazib berilgan xom-ashyolar asosida ishlab chiqarib, tayyor mahsulotni belgilangan maxfiy joylarga yashirishgan. Ular giyohvand moddalarning geolokatsiya ma’lumotlarini jinoiy guruh a’zolariga uzatib borishgan.

Bunday faoliyat evaziga ular har hafta kriptovalyuta shaklida 500 AQSH dollaridan maosh olgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ham 23 kilogramdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalar saqlangan yashirin narkolaboratoriya fosh etilgan edi. U yerda pregabalin, tropikamid, trilon kabi moddalar va laboratoriya jihozlari topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona narkolaboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing