Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 3 nafar hindistonlik talaba jarohatlandi
3-sahifa
−
12 mart
5513Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 3 nafar Hindiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 11 mart kuni Farg‘ona shahar Sharq ko‘chasi 10-uyda gaz portlagan. Oqibatda ushbu uyda ijarada yashagan 3 nafar Hindiston fuqarosi turli xil termik kuyish jarohatlarini olgan. Hozirda ularga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ulardan 2 nafari 2001 yilda tug‘ilgani, bir nafari esa 2003 yilda tug‘ilgani aniqlangan. Ularning barchasi Farg‘ona Jamoat-salomatligi tibbiyot instituti talabalari bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 20 yoshdagi hindistonlik talabasi Navas Nasmel vafot etgandi.
LiveBarchasi