Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 1 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Alisher Navoiy mavzesida honadonda gaz portlashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 12 dekabr kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar FVBning  101 qisqa raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Alisher Navoiy mavzesi 101/13-uyda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi natijasida vafot etgan. 

Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro D.N. xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lgan. 

Oqibatda D.N. hodisa joyida vafot etgan. Marhumning ukasi B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jaroxati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.    

Mazkur xolat yuzasidan hozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing