Farg‘onada gazballonlarni noqonuniy saqlashga mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi va 414 ta gaz balloni talon-toroj qilinishining oldi olindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Hududgazta’minot” AJ kompleks nazorat tuzilmalari, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Xususan, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida joriy yilning 14 oktyabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlarida tumanning “Dehqonobod” va “Do‘stlik” MFYlarida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlangan. Jumladan, “Dehqonobod” MFYda fuqaro A.T.ga tegishli noturar joyda 69 ta, fuqaro E.F. xonadonida 35 ta “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minotiga tegishli maishiy gaz ballonlari topilgan. Fuqaro A.K. mahalladagi noturar joyda “bunker” tashkil qilgan va u yerda 110 ta maishiy gaz balloni aniqlangan. Shuningdek, “Do‘stlik” MFYda joylashgan fuqaro A.T.ga tegishli noturar joyda T.H. tomonidan “bunker” tashkil etilgan holda, 200 dona gaz balloni saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Tadbirlar davomida jami 414 dona (314 tasi suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan) maishiy gaz ballonlaridagi 6,2 ming kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-toroj qilinishining oldi olingan. Holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida chilangar-ta’minotchi soxta hujjatlar rasmiylashtirib, aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik gazni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz ballonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar