Farg‘onada fuqarodan $2 000 talab qilgan soxta “GAI” ushlandi
3-sahifa
−
14 iyun 2022
7746Farg‘onada Ichki ishlar boshqarmasi pensioneri hamda viloyat Yo‘l harakati xavsizligi xizmati yo‘l posboni soxta guvohnomalarini tayyorlab olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M. sotib olmoqchi bo‘lgan “Ural” rusumli yuk avtotransport vositasini qayta jihozlash orqali “Zil” rusumiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga esa ular fuqarodan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.X. o‘zi uchun Farg‘ona viloyati IIB pensioneri hamda viloyat YHXB yo‘l posboni soxta guvohnomalarini tayyorlab olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi