Farg‘onada fuqaro buldozer orasida qisilib, vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘onada fuqaro buldozerlar orasida qisilib qolib, vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Hodisa kecha, 21 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida "Novkat" qishlog‘ining Baliqko‘l hududida X.A boshqaruvidagi asli D.M.ga tegishli bo‘lgan "Shantui SD16" rusumli buldozer loyga botib qoladi.  N.A. esa o‘zining “Shantui SD16” rusumli buldozerida yordam bermoqchi bo‘ladi. U buldozerni tortayotgan vaqtda orqaga harakatlanib yuboradi va haydovchi X.A. buldozerlar orasida qisilib qoladi. Natijada hodisa joyida vafot etadi. 

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing