Farg‘onada farzandining ta’limiga qarshilik qilgan ota 10 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
17 may
5243Farg‘ona viloyatida farzandini maktabga jo‘natmagan ota 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasining axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatning O‘zbekiston tumani Qumbosdi qishlog‘ida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan shaxs farzandining tumandagi 45-maktabga borishiga to‘sqinlik qilgan. Farzandini ta’limga qaytarish va profilaktik tushuntirish ishlari olib borish maqsadida O‘zbekiston tumani inspektor-psixologi, katta leytenant D. Araqulov bolaning ota-onasini chaqirtirgan.
Ammo ota o‘zini nosamimiy tutib, jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan. Ota farzandini ta’limga qaytmasligini, hech kim hech narsa qila olmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmagan.
“2024 yil to‘plangan ish hujjatlari O‘zbekiston tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18- (mayda bezorilik) va 194 - (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutkaga qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi