Farg‘onada erkak homilador ayolini mashinaga solib yoqib yuborgani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada erkak homilador ayolini mashinaga solib yoqib yuborgani haqida xabarlar,  voqea aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi rahbariyati boshchiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda. Sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

“Natijalar haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,  2022 yilning noyabr oyida Jizzaxda erkak xotini va 5 yashar bolasini o‘ldirib, yoqib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing