Farg‘onada “Emmi” laqabli it Hyundai'dan to‘pponcha topdi
3-sahifa
−
03 aprel
8259Farg‘ona viloyatida “Emmi” laqabli xizmat iti yordamida bojxona chegarasi orqali pnevmatik qurol olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Andarxon” chegara bojxona posti katta xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan harakatlanib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Hyundai rusumli transport vositasi belgilangan tartibda “Emmi” laqabli xizmat iti yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida xizmat iti tomonidan maxsus belgi berilgan. Shundan so‘ng, belgi berilgan avtotransport vositasi saloni ko‘zdan kechirilganida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda tegishli ruxsatnomalari bo‘lmagan, qiymati 2 million so‘mlik 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 dona pnevmatik to‘pponcha gaz balloni borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi