Farg‘onada do‘kon yonib ketdi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

 
Qayd etilishicha, bugun, 23 yanvar kuni soat 01:08 da Farg‘ona shahar “Furqat” MFY, Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in tegishli kuch vositalari yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan. 
 
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 
 
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. 
 
"Hurmatli fuqarolar kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling", deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing