Farg‘onada dala hovli yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 iyul kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi dala hovlida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 21:12 da tumandagi Zilxa qishlog‘ida joylashgan “Fayzobod qurilish” MCHJga qarashli dala hovlida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘in xavfsizligi xizmatiga Alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng xabar berilgan. 3 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari voqea joyiga yetib borgan vaqtda dala hovli uyi to‘liq yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. 

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida fuqarolarni tan jarohati olishlari va halok bo‘lishlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 105 kv.metr maydondagi dala hovli uyi yonib zararlangan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing