Farg‘onada Cobalt haydovchasi ayollarni “bagaj”ga solib harakatlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Cobalt haydovchisi mashina yuk xonasiga ayollarni olib, harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi YHXX ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan holat o‘rganilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“8 iyul kuni Namangandan Farg‘onaga kelayotganimda odam ko‘payib ketgani sabab ikkita odamni “kapot”ga solib, olib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi. Ming bor uzr so‘rayman”, degan haydovchi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, haydovchilarning odam tashish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing