Farg‘onada bog‘chadan jasad topildi
3-sahifa
−
26 noyabr 2021
25143Joriy yilning 20 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi bolalar bog‘chasidan jasad topilgan. Bu haqda tuman hokimining “Baxtsiz hodisa sabablarini o‘rganish yuzasidan tuman komissiyasini tasdiqlash haqida”gi qarorida aytilgan.
Tuman IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, jasad soat 07:00 larda Qo‘shtepa tumani “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini Paxtaobod ko‘chasida joylashgan 27-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, is gazidan zaharlangan deb birlamchi xulosa berilgan.
Hokim 27-maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisani o‘rganish yuzasidan tuman komissiya tarkibi tasdiqlagan.
LiveBarchasi