Farg‘onada birovning YouTube akkauntini olib qo‘ygan yigit ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida o‘zganing YouTube’dagi akkauntini boshqarish huquqini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qo‘qon shahrida yashovchi 20 yoshli G‘.A. murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan 2,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 17 yoshli T.M. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, T.M. jabrlanuvchi bilan Telegram’da tanishib, uning YouTube videoxostingidagi akkauntini 2,5 million so‘mga sotib olishini aytgan. U akkauntni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgandan so‘ng login va parolni o‘zgartirib, G‘.A. bilan yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uni qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "b, g" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik O'zbekiston YouTube akkaunt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing