Farg‘onada bir odam do‘pposlanib, itga talatildi. IIV holatga izoh berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir odam toshbo‘ron qilinib, itga talatilgani va do‘pposlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov izoh berdi. 

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 13 may kuni Farg‘ona shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan 16-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi qo‘shnilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Xonadonlarning birida it boqish bilan bog‘liq maishiy muammolar oqibatida janjal kelib chiqqan. Buning oqibatida bir nechta qo‘shnilar bir-birlarini xaqoratlab, tan jarohati yetkazib, xonadon oynalarini sindirishgan.

Xozirda jamoat tartibini buzishda qatnashgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1380

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing