Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi Qirg‘izistondan topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 noyabr kuni Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi Qirg‘izistonning Botken viloyatidan topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ayolning turmush o‘rtog‘i Sh.X. Farg‘ona tumani IIBga murojaat qilib, unda Hosilot mahallasida yashovchi turmush o‘rtog‘i I.X. shu kuni soat kechasi 03:00 da hech bir sababsiz uyidan noma’lum tomonga chiqib ketgan. Shundan so‘ng u qaytib kelmagan va bedarak yo‘qolgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan fuqaro I.X.ning murdasi Qirg‘iziston respublikasining Botken viloyati Halmiyon qishlog‘idan oqib o‘tadigan ariqdan topilgan.

Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan marhuma I.X.ga “nafas yo‘llarining suv bilan to‘lishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, boshini peshona sohasida lat, yara va yumshoq to‘qimasiga qon quyilishlar” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

IIBga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

834

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing