Farg‘onada aviayo‘lovchi 483 mln so‘mlik taqinchoqlarni yashirib olib o‘tishga urindi

3-sahifa

image

Turkiyadan Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahriga uchib kelgan yo‘lovchining 483 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirib olib kirishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Istanbul-Farg‘ona” yo‘nalishida Farg‘ona shahriga uchib kelgan fuqaro “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona postida olib kirish me’yoridan ortiqcha va bojxona nazoratidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tovarlari mavjud emasligini ma’lum qilgan holda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan. Uning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgani sababli to‘xtatilib, o‘zi va unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Oqibatda fuqaro qo‘l sumkasida, o‘zida taqilgan va tana a’zolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 million so‘mlik og‘irligi 620 grammga teng bo‘lgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya bozorlarida haqiqiy oltindan ajratish qiyin bo‘lgan qalbaki oltin bilan savdo qiluvchi firibgarlar paydo bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona zargarlik buyumlari aviayo'lovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing