Farg‘onada 82 marta qoida buzgan fuqarodan jarima undirildi
3-sahifa
−
19 avgust
5232Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida jami 82 ta qoidabuzarlik sodir etgan fuqarodan salkam 34 million so‘m ma’muriy jarima qarzdorliklari undirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi o‘zining Honda Elysion rusumli avtomashinasida belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan. Shu sababdan avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
Fuqaroning to‘lashi kerak bo‘lgan summa miqdori 33.066.690 so‘mni tashkil etgan va MIB xodimlari yordamida undirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborilgandi.
LiveBarchasi