Farg‘onada 6 ming tup “ko‘knor” yetishtirayotgan erkak qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 may kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida fuqaro hovlisida 6 ming tup “ko‘knor” o‘simligi parvarish qilayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri vaqtida ushbu tumanning Xonaqa mahallasida yashovchi fuqaroning tomorqasida “ko‘knor” o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, ushbu tomorqa 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro D.G‘.ning yashash xonadonida joylashgan bo‘lib, topilgan “ko‘knor” o‘simligi 6117 tupni tashkil qilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro D.G‘.ga nisbatan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-moddasi 5-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing