Farg‘onada 36 yoshli erkak 21 yoshli yigitni do‘pposladi
3-sahifa
−
21 avgust
5174Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida noma’lum shaxs boshqa bir fuqaroni kaltaklab, yerga sudragani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Ismoil Sharipov bilan bog‘landi.
Bildirilishicha, bugun, 21 avgust kuni O‘zbekiston tumani markazida 1988 yilda tug‘ilgan O.X. o‘zaro kelishmovchilik sababli 2003 yilda tug‘ilgan A.B.ni yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Videoda 36 yoshli erkak mashina yo‘lini kesib o‘tib, 21 yoshli yigitni do‘pposlagani, keyin yerga sudrab, yo‘lning narigi tomoniga olib o‘tgani tasvirlangan.
Tuman markaziy shifoxonasining dastlabki ma’lumotida A.B.ga bosh, yuz, burun, lab ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi savdo do‘konida sodir etilgan bezorilik holati yuzasidan ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi