Farg‘onada 3 nafar tillachi ayol boshqa bir hamkasbini do‘pposladi (video)
Jamiyat
−
07 iyul 2022
11773Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida 3 nafar ayol boshqa bir ayolni “samosud” qilgani ask etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Farg‘ona shahar Bozor yo‘li ko‘chasida tilla savdosi bilan shug‘ullanuvchi ayol va shu yerdagi boshqa savdogar ayol o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va ular urishib ketishgan. Janjalga ulardan birining ikki nafar singillari ham aralashib, tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, voqea davomida bir ayolni 2 kishi ushlab turgan va yonidagi uchinchisi uni do‘pposlagan. Videoda bir erkak “Qo‘y, ajratma”, deya janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lganlarga baqirganini ko‘rish mumkin.
Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida ham bir ayol ona-bola tomonidan “samosud” qilingan edi.
LiveBarchasi