Farg‘onada 2 nafar ishchini tom bosib qoldi
Jamiyat
−
21 Aprel 2023 11558 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida 2 nafar mavsumiy ishchini xonadonlardan birini ta’mirlash paytida tom bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 20 aprel kuni soat 19:18 da Farg‘ona shahar “Simtepa” MFYdagi Hidoyat ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ta’mirlash ishlari uchun kelgan mavsumiy 2 nafar ishchini ehtiyotsizligi sababli tom bosib qolgan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, ushbu fuqarolarning hayotini saqlab kolgan. Ular tez tibbiy yordam xodimlari orqali shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.