Farg‘onada 15 yoshli bola kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
22 may 2021
7107Yoz fasli yaqinlashishi bilan, ko‘pchilik soya-salqinga talpina boshlaydi. Ba’zilar esa, suv havzalariga borib cho‘miladi. Ammo ba’zida mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milish ayanchli yakunlanadi. Xuddi shunday holat Farg‘onada ham sodir bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Joriy yilning 15 may kuni Qo‘qon shahrining, Alisher Navoi mavzesidan kelgan uch nafar voyaga yetmagan fuqaro, Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotgan bo‘lgan. Ulardan biri esa kanalning narigi qirg‘og‘iga o‘tmoqchi bo‘lgan va cho‘kib ketgan.
Bu haqda xabar topgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan. Qutqaruvchilar dastlab ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda qidiruv ishlarini olib borishgan.
16 may kuni Farg‘ona viloyati FVB maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi, suvda qutqaruv guruhi tomonidan Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston tumani To‘lash qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida, suv osti va suv usti qidiruv ishlari olib borilgan. Shundan so‘ng, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida qo‘qonlik 2006 yilda tug‘ilgan fuqaroning jonsiz tanasi, g‘avvoz qutqaruvchilar tomonidan, kanalning tubidan olib chiqilgan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr