Farg‘onada 11 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
22 iyul 2023
34356Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida 11 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoda yuz bergan. Bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish), 118 (Nomusga tegish) va 119 (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida ushbu jinoyatni sodir etishda 2006 yilda tug‘ilgan shaxs gumonlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
“Voqea sodir bo‘lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo‘lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilmoqda. Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lgani sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi“, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan edi. U marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan. 26 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchi A.T. ga nisbatan umrbod qamoq jazosi belgilangandi.
LiveBarchasi