Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 40-maktabning 3-sinf o‘quvchisi xuddi shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

Hodisa sentyabr oyi boshida qurilishi yakuniga yetkazilmagan yer uchastkasidagi vagonda sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi R.Q.ning so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchisi S.M. kimdir voqeadan xabardor bo‘lsa, uni so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgan.

Noyabr oyida o‘tkazilgan ekspertizalar hujum qilgan o‘quvchining jinoyatga aloqador ekanini tasdiqladi. O‘smir Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida (jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha aybini to‘liq tan oldi. 26 noyabr kuni unga nisbatan sudgacha uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona zo'rlash

Baholaganlar

1244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing