Farg‘onada 100 ga yaqin xonadonni suv bosdi
Jamiyat
−
03 may 7446 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 90 dan ortiq uyni suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 may kuni soat 21:41 da 112 tizimi orqali Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tumanning “Vorux Dasht”, “Yangiqo‘rg‘on” MFYlarning ayrim ko‘chalaridagi 90 dan ortiq aholi yashash xonadonlarining tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirgani to‘g‘risida Farg‘ona viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
“Shu zahotiyoq, hodisa joyiga Farg‘ona viloyati FVB, viloyat va tuman hokimligi vakillari yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bartaraf etish ishlariga barcha zarur kuch va vositalar jalb qilingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Ushbu hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan-jarohat olganlar yo‘q.
“Mazkur vaziyatni oqibatlari qisqa vaqtda bartaraf etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Forish tumanidagi ko‘plab xonadonlarni suv bosgandi.
Live
Barchasi