Farg‘onada 1,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan ombor aniqlandi
3-sahifa
−
26 may 4571 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.V.” MCHJ rahbari S.M. “Bog‘iston” MFY hududidagi muzlatkich omborida hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgan holda elektr tarmog‘idan tijorat maqsadida foydalanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 4 mlrd 739 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgandi.
Live
Barchasi