Farg‘onada “hojatbaror” 4 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
8732Farg‘ona viloyatida Koreya Respublikasiga ishlashga jo‘natishni va’da qilib, bu xizmati uchun fuqarodan pul talab qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.
Fuqaro A.Ch. Sh.U.ga tanishlari orqali uni Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan. Bu xizmati evaziga “o‘lja”dan 4 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Ch.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi