Farg‘onada homilador ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi
3-sahifa
−
05 Oktabr 2021
20967Ijtimoiy tarmoqlarda 8 oylik homilador kelin bo‘g‘izlab o‘ldirilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Ushbu voqea joriy yilning yoz oylarida ro‘y bergan va holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Voqeaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov aniqlik kiritdi.
Mamlakat Bosh huquqboni so‘zamoliga ko‘ra, ushbu mudhish jinoyat joriy yilning iyun oyida Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro U.N. tumanda joylashgan xonadonlardan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan. Bu vaqtda uyda bo‘lgan homilador M.Q uni ko‘rib qolgan. Shu sabab o‘g‘rilikka kirgan shaxs homilador ayolni pichoq bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun joriy yilning 16 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.
LiveBarchasi