Farg‘onada haydovchi majburan IIBga olib ketildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchini majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 mart kuni Farg‘ona shahar “Al-Farg‘oniy” ko‘chasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi avtobus bekatida to‘xtab, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli YPX inspektori unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Haydovchi esa YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilmagan va transport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatgan. 

Shundan so‘ng haydovchi YPX inspektorlari tomonidan Farg‘ona shahar IIBga olib borilgan va qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YPX xodimining ratsiyasini olib qochib ketgan haydovchi qamoqqa olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Farg'ona haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing