Farg‘onada ham byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Farg‘ona politexnika institutining mansabdor shaxslari 2019-2020 yillar davomida 600 mln. so‘mdan ortiq, juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Shuningdek o‘zlariga ishonib topshirilgan 79,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Farg‘ona viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 16 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 1841-moddasi 2-qismi, 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Madaniyat vazirligida 800 million so‘m talon-taroj qilingani haqida xabar qilgan edik

Yulduz Abdurashidova

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing