Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq kuzatildi
Jamiyat
−
07 aprel 2021 12052 1 daqiqa
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisi kecha, 6 aprel kuni kechqurun osmonda kuzatilgan yorqin chaqnoqqa guvoh bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videolar keng tarqaldi.
Kadrlarda yorqin chaqnash aniq ko‘ringan. Shundan so‘ng noma’lum samoviy jismning qulashini ko‘rish mumkin.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, ushbu hodisa Qirg‘izistonda ham kuzatilgan. Bishkek va Chuy viloyati aholisi ushbu jismning qulashini kuzatishga muvaffaq bo‘lgan.
Osmondan ob’ekt tushishi bilan bog‘liq vayronagarchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga axborot kelib tushmagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28