Farg‘ona viloyatida 6 tuman va 3 shahar chegarasi o‘zgartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Uchko‘prik, Dang‘ara, Farg‘ona, Toshloq, Qo‘shtepa tumanlari, Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari hududi chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlaridagi chegaralarini muvofiqlashtirish maqsadida, shaharlarning rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq:

•    Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar, O‘zbekiston tumanidan 1 456 gektar va Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar yer maydoni Qo‘qon shahriga;

•    Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar, Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar va Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahriga;

•    Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari hududi chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha hududlarining chegara tavsifi va chegara chizmasi ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing