Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etildi.  Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Husan Mamajonov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida Husan Mamajonov shu kunga qadar Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1967 yilda tug‘ilgan Husan Mamajonov 1993 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatida tibbiyot tizimida turli vazifalarda, vazirlikning Farg‘ona viloyati bo‘yicha sog‘liqni saqlash boshqarmasida Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimlarida ham ishlagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing