Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Jamiyat

image

Bugun, 8 noyabr kuni Baxromjon Azimovich Jumanov Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar berildi

Ma’lum qilinishicha, B. Jumanov 1970 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi olim-agronom.

Qayd etilishicha, B.Jumanov ushbu lavozimga vacancy.argos.uz sayti orqali e’lon qilingan ochiq tanlovda eng yuqori 80 ballni to‘plab, Tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ijobiy ko‘rsatchilarni egallab, tayinlangan. 

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar B.Jumanov Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” DUK direktori o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga ham yangi rahbar tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing