Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

−

image

Abduhoshim Abdullayevich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi vakillari hamda shahar-tumanlar xalq qabulxonalari rahbarlari ishtirokida o‘tgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev tomonidan ushbu tayinlov o‘qib eshittirildi.

Abduhoshim Abdullayev 1950 yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 

1972-1990 yillarda Farg‘ona yog‘-moy kombinatida, Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

1990-1991 yillarda Farg‘ona shahar partiya qo‘mitasi taftish komissiyasi raisi bo‘lgan. 1991-1992 yillarda O‘zXDP Farg‘ona shahar Kengashi birinchi kotibi bo‘lib ishlagan. 

1992-1994 yillarda Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, 1994 yilda O‘zbekiston kimyo sanoati uyushmasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan. 

1994-2005 yillarda Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 

2005-2006 yillarda Marg‘ilon shahar hokimi, 2006-2008 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan. 

2008-2015 yillarda Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda “Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi bo‘lgan. 

Abduhoshim Abdullayev 2006 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

678

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing